Новости Uz

ESMA rasman IBEning hamkori!

ESMA platformasi bizning rasmiy hamkorimizga aylanganini mamnuniyat bilan e’lon qilamiz.

ESMA — bu O‘zbekistonda energiya samaradorligi bozorini rivojlantirishga qaratilgan raqamli platforma bo‘lib, texnologiya yetkazib beruvchilar, energiya auditorlari, servis kompaniyalari va moliyaviy tashkilotlarni birlashtiradi.

Mazkur hamkorlik orqali soha vakillari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, zamonaviy energiya tejamkor texnologiyalarni targ‘ib qilish hamda mintaqada barqaror infratuzilma rivojiga hissa qo‘shishni maqsad qilganmiz.

Ushbu hamkorlik Markaziy Osiyoda innovatsiyalar, energiya samaradorligi va barqaror rivojlanish uchun yangi imkoniyatlar yaratishiga ishonamiz.
2026-03-06 18:01