Новости Uz

O‘zbekistonda Messe Frankfurt Exhibitions GmbH’ning uchta xalqaro ko‘rgazma brendini rasman ishga tushirdi!

2026 yil 19 yanvar kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani doirasida Intelligent Building Expo Tashkent 2026 xalqaro B2B ko‘rgazmasining rasmiy ishga tushirilishi e’lon qilindi. Mazkur loyiha Markaziy Osiyoda ilk bor ISH, Light + Building va Intersec xalqaro ko‘rgazma formatlarini yagona integratsiyalashgan konsepsiya doirasida birlashtiradi.

Tadbirda yetakchi milliy va xalqaro OAV vakillari, soha mutaxassislari hamda biznes hamjamiyati vakillari ishtirok etdi. Matbuot anjumanida Messe Frankfurt Exhibitions GmbH’ning ISH ko‘rgazmasi direktori, “Uzeltеxsanoat” uyushmasi raisining o‘rinbosari, shuningdek EUROUZ direktorlar kengashi a’zosi, Ijroiya ofis maslahatchisi va East-West Engineering kompaniyasi ijrochi raisi Oybek Shayxov ma’ruza qildilar. Ular loyiha mintaqaviy sanoatni rivojlantirish va xalqaro hamkorlik nuqtai nazaridan strategik ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar.

Intelligent Building Expo Tashkent 2026 ko‘rgazmasi 2026 yil 20–22 may kunlari UzExpoCentre maydonida bo‘lib o‘tadi. Ko‘rgazmada 20 ta davlatdan 250 dan ortiq kompaniya ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu tadbir O‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi tez rivojlanayotgan innovatsion markaz sifatidagi mavqeini yanada mustahkamlaydi.