Новости Uz

19-may kuni Toshkentda AV FOCUS 2026 professional forumi bo‘lib o‘tadi

Tadbir tashrif buyuruvchilari sohadagi yangiliklar bilan tanishishlari, ilg‘or texnologiyalar va so‘nggi voqealar haqida ma'lumot olishlari, hamkasblari bilan muloqot qilishlari hamda foydali aloqalar o‘rnatishlari mumkin bo‘ladi.

Dasturda:

· AV-uskunalar demo-zonasi

· ekspertlarning chiqishlari

· loyihalar muhokamasi

· tajriba almashish

· netvorking

AV Klubining ushbu yillik tadbiri an'anaviy tarzda jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari, integratorlari, multimedia yechimlari buyurtmachilari hamda O‘zbekistonning proAV va IT-mutaxassislarini o‘zida jamlaydi.

Forumda o‘z ishtirokini quyidagilar tasdiqladi:

· Lumens — SI (sun'iy intellekt) yordamida tasvirga olishni avtomatlashtirish

· NovaStar — LED-ekranlarni boshqarish uchun kontrollerlar

· SMARTPLAYER — Digital Signage tizimlari uchun platforma

· Insolex — Sonance Professional audio yechimlari

· LevelUp — kinetik lebyodkalar (chig‘irlar)

Tadbir Hyatt Regency Tashkent mehmonxonasida bo‘lib o‘tadi.

Tadbir haqida batafsil ma'lumot va ro‘yxatdan o‘tish bu yerda.
2026-05-13 13:03